locale OZ

“Chelsi” Pedru Netu bo‘yicha “Manchester Siti”ga yon bermoqchi emas

London klubi 26 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun belgilangan narxni pasaytirishni rejalashtirmayapti.
“Chelsi” Pedru Netu bo‘yicha “Manchester Siti”ga yon bermoqchi emas
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” “Chelsi” vingeri Pedru Netuni o‘z safiga qo‘shishga qiziqish bildirmoqda. Biroq London klubi 26 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun belgilangan narxni pasaytirishni rejalashtirmayapti. Shu sabab transfer bo‘yicha kelishuvga erishish hozircha oson bo‘lmasligi aytilmoqda.

Insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” Netu uchun “Chelsi” talab qilayotgan summadan ancha kam mablag‘ taklif qilishga tayyor. “Ko‘klar” esa o‘z pozitsiyasida qat’iy turibdi va futbolchini arzonroq narxda qo‘yib yuborishni istamayapti.

Agar transfer amalga oshsa, Netu “Manchester Siti”da Enzo Mareska bilan yana birga ishlashi mumkin. Portugaliyalik futbolchi avvalroq “Chelsi”da italiyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘p tepgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt Netuning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda. Shuningdek, futbolchiga “Arsenal”, “Liverpul” va “Tottenhem” tomonidan ham qiziqish bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan. Hozircha “Manchester Siti” va “Chelsi” o‘rtasida transfer bo‘yicha kelishuv mavjud emas.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting