locale OZ

“Chelsi” Pedro Netuni 117 million yevroga baholadi

Klub futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas, biroq hozircha “Al-Hilol” yoki boshqa biror jamoadan rasmiy taklif kelib tushmagan.
“Chelsi” Pedro Netuni 117 million yevroga baholadi
Foto: Getty Images

“Chelsi” hujumchisi Pedro Netu yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Portugaliyalik futbolchiga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi qiziqish bildirmoqda. London klubi esa 26 yoshli futbolchining transfer narxini belgilab qo‘ygan.

GiveMeSport ma’lumotiga ko‘ra, “Chelsi” Netu uchun 117 million yevro talab qilmoqda. Klub futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas, biroq hozircha “Al-Hilol” yoki boshqa biror jamoadan rasmiy taklif kelib tushmagan.

Avvalroq Netuga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu sabab portugaliyalik vingerning kelajagi yozgi transfer oynasining qolgan qismida muhokama qilinishi kutilmoqda. Hozircha esa “Chelsi” futbolchini faqat o‘z talablariga mos taklif tushgan taqdirdagina qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Pedro Netu o‘tgan mavsum “Chelsi” safida barcha musobaqalar doirasida 52 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Portugaliyalik futbolchi ushbu bahslarda 10 ta gol urib, 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting