locale OZ

«Chelsi» Pavlovich uchun 65 million yevro taklif qilishga tayyor

Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Pavlovich uchun 65 million yevro taklif qilishga tayyor
ФОТО: Getty images

"Bavariya" yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich "Chelsi" klubining e'tiborini tortdi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "ko‘klar" yarim himoyachining ehtimoliy transferi bo‘yicha "Bavariya"ga murojaat qilishga tayyor.

Buning uchun London klubi futbolchining o‘tishi uchun 65 million yevro to‘lashga rozi. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar tez orada boshlanadi.

Ma'lumot uchun, Aleksandr Pavlovich "Bavariya" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi myunxenliklar safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting