«Chelsi» Pasni sotib olmoqchi
Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
“Chelsi” klubi “Como” yarim himoyachisi Niko Pasni transfer qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 21 yoshli argentinalik futbolchining qiymati yaqin yillarda 100 million yevroga yetishi taxmin qilinmoqda.
Mazkur holat ortidan londonliklar Pasni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Joriy mavsumda Pas barcha musobaqalar doirasida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist