locale OZ

“Chelsi” o'z tarkibini nemis hujumchisi bilan kuchaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” o'z tarkibini nemis hujumchisi bilan kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi “Shtutgart”ning 23 yoshli hujumchisi Nik Voltemadga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “aristokratlar” allaqachon Germaniya terma jamoasi futbolchisi vakillari bilan bog'langan. London klubi Voltemadni hujumchilar Nikolas Jekson va Liam Delap bilan raqobatlasha olishiga ishonmoqda.

Ma'lumot uchun, Voltemad o'tgan mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting