locale OZ

«Chelsi» Nunesga qiziqib qoldi

Futbolchining «Al Hilol» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Nunesga qiziqib qoldi
ФОТО: Getty images

Chelsi hamda Nyukasl Al Hilol hujumchisi Darvin Nunes xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi 26 yoshli futbolchini hujum chizig‘iga qo‘shimcha kuch va variantlar olib kiradigan o‘yinchi sifatida ko‘rmoqda. Biroq Nunesning yuqori maoshi ehtimoliy transferga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, urugvaylik futbolchi haftasiga taxminan 400 ming funt (460 ming yevro) maosh oladi. Shunga qaramay, u Yevropaga qaytish uchun maoshini kamaytirishga rozi bo‘lishi mumkin.

Ushbu mavsum Nunes barcha musobaqalarda 24 ta bahsda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Futbolchining «Al Hilol» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting