locale OZ

«Chelsi» Morgan Rojers transferi bo‘yicha «Aston Villa» bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

Trasnfermarkt portali 22 yoshli ingliz futbolchisining transfer qiymatini 90 million yevro deb baholamoqda.
«Chelsi» Morgan Rojers transferi bo‘yicha «Aston Villa» bilan og‘zaki kelishuvga erishdi
photo: gettyimages

«Chelsi» Morgan Rojers transferi bo‘yicha «Aston Villa» bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist va taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Birminghem klubi londonliklarning 117 million funt sterling (taxminan 137 million yevro) miqdoridagi taklifini qabul qilgan.

Aytilishicha, Rojers «Chelsi» bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi. Bitimda yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham mavjud. Yarimhimoyachi dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

2025/26 yilgi mavsumda Rojers «Aston Villa» safida barcha musobaqalarda 55 ta bahsda maydonga tushib, 14 ta gol va 12 ta assist qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Trasnfermarkt portali 22 yoshli ingliz futbolchisining transfer qiymatini 90 million yevro deb baholamoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting