locale OZ

«Chelsi» «Milan» himoyachisi Straxiya Pavlovichga qiziqish bildirmoqda

Londonliklar allaqachon 24 yoshli futbolchining vakillari bilan bogʻlanishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» «Milan» himoyachisi Straxiya Pavlovichga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi «Milan» markaziy himoyachisi Straxiya Pavlovichning xizmatlariga qiziqish ko‘rsatmoqda. «Aristokratlar» 24 yoshli futbolchining vakillari bilan bog‘lanishgan. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu transferni amalga oshirish uchun kamida 40 million yevro miqdorida taklif yuborilishi kerak. Chunki «Milan» rahbariyati Pavlovichni jamoaning asosiy va muhim o‘yinchilaridan biri deb hisoblaydi.

Joriy mavsumda serbiyalik himoyachi barcha turnirlar doirasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Pavlovichning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting