«Chelsi» Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda
Oʻtgan mavsumda angliyalik hujumchi ijarada «Barselona»da oʻynadi.
FOTO: Getty Images
«Aristokratlar» oʻtgan mavsumni ijara asosida «Barselona»da oʻtkazgan 28 yoshli futbolchini doimiy asosida sotib olishga tayyor emas. Agar London klubi Reshfordning transferini amalga oshiradigan boʻlsa, bu faqatgina ijara shartnomasi koʻrinishida boʻladi.
Angliyalik futbolchi koʻchib oʻtgan taqdirda, «koʻklar»dan unga haftasiga 325 ming funt (377 ming yevro) miqdorida maosh toʻlash talab etilishi mumkin. Shu sababli klub hujumchining transferi uchun qoʻshimcha mablagʻ sarflashni istamayapti.
Yakunlangan mavsumda Reshford barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi mehnat kelishuvi 2028 yilning yoziga qadar moʻljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist