locale OZ

«Chelsi» Mareskaning ketishi uchun 17 million funt tovon puli oladi

“Manchester Siti” Enzo bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaganini rasmiy e’lon qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Mareskaning ketishi uchun 17 million funt tovon puli oladi
ФОТО: Getty images

“Chelsi” Enzo Mareskaning “Manchester Siti” bosh murabbiyi etib tayinlanishi ortidan 17 million funt sterling miqdorida kompensatsiya oladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Avvalroq “Chelsi” rasmiy bayonot berib, Mareskaning 2026 yil yanvarida shartnomasini bekor qilishi munosabati bilan “Manchester Siti” hamda murabbiyning o‘zi bilan maxfiy kompensatsiya kelishuviga erishilganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Enzo Mareska bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaganini rasmiy e’lon qildi. Italiyalik mutaxassis ushbu lavozimda Xosep Gvardiolaning o‘rnini egalladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting