locale OZ

Chelsi Mareskani istefoga chiqardi

London klubi joriy mavsum APL doirasida 19 o‘yindan keyin 30 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chelsi Mareskani istefoga chiqardi
photo: gettyimages

«Chelsi» matbuot xizmati bosh murabbiy Enso Mareskaning iste’fosi rasman e’lon qildi. Italiyalik mutaxassis 2024 yil yozidan beri londonliklarni boshqarib kelayotgan edi. U bunga qadar «Parma» va «Lester» jamoalarida faoliyat yuritgan.

«Jamoa hali ham bir nechta musobaqalarda muhim maqsadlarga ega. Shu bois murabbiy almashinuvi mavsumni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish uchun eng yaxshi imkon beradi, deb hisoblaymiz. Enso qilgan ishlar uchun minnatdormiz va unga kelajakdagi faoliyatida omad tilaymiz», — deyiladi klub bayonotida.

London klubi joriy mavsum APL doirasida 19 o‘yindan keyin 30 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. «Chelsi» hozirda peshqadam «Arsenal»dan 15 ochkoga ortda qolmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting