locale OZ

\"Chelsi\" Mareska bo‘yicha bir qarorga kelgan – manba

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" Mareska bo‘yicha bir qarorga kelgan – manba
Photo: Getty Images

"Chelsi" klubi bosh murabbiy Enso Mareskani, hatto jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olmagan taqdirda ham ishdan bo‘shatmaydi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Qayd etilishicha, London klubi YeChLga chiqolmaganda ham bunday keskin choralarni talab qilmaydi. Murabbiyning obro‘siga bo‘lgan ishonch saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, jamoa rahbariyati Mareskaga nisbatan Angliya va Yevropada qiziqish mavjudligidan xabardor, biroq so‘nggi o‘yinlar natijalariga ko‘ra murabbiyni almashtirish bo‘yicha hech qanday reja yo‘q.

Hozirda "Chelsi" Angliya Premer-liga turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 63 ochko to‘plagan, xuddi shuncha ochko oltinchi o‘rindagi "Aston Villa"da ham bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting