«Chelsi» Mareska borasida bir qarorga kelgan
ФОТО: Getty images
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska hozircha iste'foga chiqarilmaydi. Bu haqda jurnalist Mett Lou xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati murabbiyga to'liq ishonadi va uni qo'llab-quvvatlaydi.
Italiyalik mutaxassis qo'l ostida “aristokratlar” so'nggi hafta ichida "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Brayton"dan mag'lubiyatga uchradi. Liga Kubogida esa faqat "Linkoln Siti"ni mag'lub eta oldi.
Qayd etilishicha, Mareskaning oldida Premyer-liganing joriy mavsumida jamoani to'rtlikda yakunlash vazifasi turibdi. Olti turdan so'ng "Chelsi" 8 ochko bilan sakkizinchi o'rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist