\"Chelsi\", \"Liverpul\" va \"Manchester Siti\" PSJning 18 yoshli iqtidoriga qiziqmoqda
Parij klubi yosh futbolchini 50 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.
Foto: Getty Images
Angliyaning "Chelsi", "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari PSJning 18 yoshli qanot hujumchisi Ibrohim Mbayega qiziqish bildirmoqda.
Fransiyaning RMC Sport nashri xabariga ko‘ra, Parij klubi yosh futbolchini 50 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti. Futbolchiga "Tottenhem", Dortmundning "Borussiya"si va Leverkuzenning "Bayer" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, PSJ Mbayeni sotishga shoshilmayapti. Biroq klubga munosib taklif tushsa, transfer masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. Shu bois yozgi transfer oynasining eng qiziqarli kurashlaridan biri aynan senegallik iqtidor uchun kechishi mumkin.
Nasrullo Karimov
Jurnalist