locale OZ

«Chelsi» Liga 1'ning ikki yosh futbolchisini nishonga oldi

Londonliklar ushbu transferlarni yanvar oyida amalga oshirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Liga 1'ning ikki yosh futbolchisini nishonga oldi
FOTO: Getty Images

«Chelsi» klubi Fransiyadagi ikki iqtidorli yosh futbolchiga — «Mets» hujumchisi 16 yoshli Brayan Madjo va «Lill» yarim himoyachisi 18 yoshli Ayyub Buaddiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, londonliklar ushbu futbolchilarni yaqinlashib kelayotgan transfer oynalarida xarid qilishi mumkin. Klub bir konsortsium boshqaruvida bo‘lgan «Strasburg»ni Buaddi uchun «ideal boshlang‘ich maydon» sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu futbolchiga Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olishdan avval tajriba to‘plash imkonini berishi mumkin.

Joriy mavsumda Buaddi barcha musobaqalar doirasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma qayd etgan. Brayan Madjo esa 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urgan va 1 ta assist bergan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting