locale OZ

«Chelsi» Liga 1’ning 18 yoshli himoyachisi uchun 30 million yevro taklif qildi

Biroq londonliklar rad javobini oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Liga 1’ning 18 yoshli himoyachisi uchun 30 million yevro taklif qildi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi «Nant»ning iqtidorli markaziy himoyachisi Tilel Tati uchun norasmiy taklif yubordi. Biroq, Fransiya klubi bu taklifni rad etdi. Bu haqda nufuzli L'Équipe nashri xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, «aristokratlar» 18 yoshli futbolchini sotib olgan taqdirda ham, uni mavsum oxirigacha «Nant»da ijara asosida qoldirishni rejalashtirgan edi. Shunga qaramay, ushbu transferning amalga oshish ehtimoli ancha past deb baholanmoqda. Buning asosiy sababi — transfer oynasi yopilishiga (2 fevralga qadar) juda oz vaqt qolganidir.

Tilel Tati joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yosh bo‘lishiga qaramay, u jamoasining muhim o‘yinchilaridan biriga aylanib ulgurgan.

Himoyachining «Nant» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ayni damda fransuz iqtidorini 12 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting