“Chelsi” Liam Delapni sotishga tayyor, unga uchta APL klubi qiziqmoqda
Muzokaralar yaqin vaqt ichida boshlanishi mumkin.
Foto: Getty Images
“Chelsi” hujumchi Liam Delap bilan yozdayoq xayrlashishga tayyor. Klub 23 yoshli futbolchini 41–47 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi.
The i Paper nashri xabariga ko‘ra, Delap xizmatlariga Angliya Premyer-ligasining uch klubi — “Nottingem Forest”, “Everton” va “Lids Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Muzokaralar yaqin vaqt ichida boshlanishi mumkin.
“Chelsi” Delapni o‘tgan yili o‘z safiga qo‘shib olgandi, biroq futbolchi asosiy tarkibdan mustahkam joy egallay olmadi. Shu sababli London klubi transfer oynasi yopilguniga qadar uni foyda bilan sotishni rejalashtirmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist