«Chelsi» Leau uchun 75 million yevro toʻlashga tayyor — manba
Portugaliyalik hujumchi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
FOTO: Getty Images
Londonning «Chelsi» klubi «Milan» hujumchisi Rafael Leauni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilmoqda. «Aristokratlar» portugaliyalik futbolchi uchun 75 million yevro to‘lashga tayyor, deb xabar beradi jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda.
Manbaga ko‘ra, «Chelsi» Leauni yaqin vaqt ichida o‘zining asosiy transfer maqsadi qilib belgilagan. Transfermarkt portali 26 yoshli Rafael Leauning bozor qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda.
Joriy mavsumda u «Milan» safida barcha musobaqalarda 13 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol urdi va 1 golga uzatma berdi. Portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist