\"Chelsi\" konferensiyalar ligasi g'olibi!
Polsha davlatida UEFA konferensiyalar ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Angliyaning “Chelsi” hamda Ispaniyaning “Real Betis” jamoalari o'zaro kuch sinashdi.

Birinchi bo'limning to'qqizinchi daqiqasida Abde “Betis”ni oldinga olib chiqqan bo'lsa, ikkinchi bo'limning oltmish oltinchi daqiqasida Enzo, yetmishinchi daqiqada Jekson, sakson uchinchi daqiqada Sancho hamda Kaysedolar to'qson birinchi daqiqada gollar urib londonliklarning yirik hisobdagi g'alabasini ta'minladi.

Natijada ispan jamoalari bu mavsumda yevrokuboklardan quruq qolishdi. “Chelsi” esa inglizlar nomidan yevrokubok qo'lga kiritgan ikkinchi jamoaga aylandi.

Shunday qilib “Chelsi” Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi hamda Yevropa konferensiyalar ligasi kuboklarini yutib olgan birinchi jamoaga aylandi.

Avvalroq, shaxs sifatida londonliklarning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo yuqoridagi uchta kubokni yutgan birinchi murabbiyga aylangan edi.

Konferensiya ligasi | Final
"Real Betis" 1:4 "Chelsi"
Gollar: Ez Abde 9 - Enzo 66, Jekson 70, Sancho 83, Kaysedo 90+1