locale OZ

«Chelsi» Kone uchun 100 million yevro to‘lashi kerak bo‘lishi mumkin

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.
«Chelsi» Kone uchun 100 million yevro to‘lashi kerak bo‘lishi mumkin
ФОТО: Getty images

Londonning «Chelsi» klubi yozgi transferlar oynasida «Roma» yarim himoyachisi Manu Kone bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirgan edi. Biroq «ko‘klar» futbolchini taxminan 50 million yevro evaziga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lganiga qaramay, yakunda transferdan voz kechgan.

Corriere dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, yangi mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan Kone sabab «Roma» futbolchining transfer qiymatini ikki baravar oshirgan. Endi Rim klubi 25 yoshli fransiyalik yarim himoyachi uchun 100 million yevro talab qilmoqda.

Kone joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urgan. Uning «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda. Shu tariqa, «Roma»ning 100 million yevro talab qilishi uning rasmiy bozor qiymatidan ancha yuqori hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting