locale OZ

\"Chelsi\" klublar o‘rtasidagi jahon chempioni bo‘lishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" klublar o‘rtasidagi jahon chempioni bo‘lishi mumkin
Photo: UzPFL

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalchilari aniq bo‘ldi. Opta jamoalarning musobaqada g‘alaba qozonish imkoniyatini baholadi.

Unga ko‘ra, musobaqaning asosiy favoriti sifatida Angliyaning "Chelsi" klubi ko‘rsatilgan. London klubi turnirda g‘olib chiqish ehtimoli 26,8 foiz deb baholangan.

Ikkinchi o‘rinda Fransiyaning "PSJ" klubi joy olgan bo‘lib, parijliklarning bosh sovringa ega chiqish ehtimoli 24,9 foizni tashkil qiladi. Kuchli uchlikni esa "Real Madrid" yakunlab turibdi (16,9%).

Opta nashriga ko‘ra, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida jamoalarning g‘alaba qozonish imkoniyati:

"Chelsi" — 26,8 foiz
"PSJ" — 24,9 foiz
"Real Madrid" — 16,9 foiz
"Bavariya" — 14,8 foiz
"Borussiya Dortmund" — 7,6 foiz
"Al-Hilol" — 4,3 foiz
"Palmeyras" — 3 foiz
"Fluminense" — 1,5 foiz

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting