“Chelsi” klublar o'rtasidagi Jahon chempionati oldidan hujumchi xarid qilmoqchi
FOTO: Getty Images
Londonning “Chelsi” klubi “Brayton”ning 23 yoshli hujumchisi Joau Pedroni klublar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlanishidan oldin o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “aristokratlar” allaqachon muzokaralarga kirishga va braziliyalik futbolchi uchun “Brayton”ga 60 million yevro taklif qilishga tayyor.
Ma'lumot uchun, Pedro joriy mavsum barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist