locale OZ

\"Chelsi\" klubi \"Nyukasl\"ning 25 yoshli yarim himoyachisi Sandro Tonali xizmatiga qiziqish bildirmoqda

ondon klubi Angliya chempionati darajasida sinalgan yarim himoyachilar bozorini tahlil qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" klubi "Nyukasl"ning 25 yoshli yarim himoyachisi Sandro Tonali xizmatiga qiziqish bildirmoqda
photo: gettyimages

"Chelsi" klubi "Nyukasl"ning 25 yoshli yarim himoyachisi Sandro Tonali xizmatiga qiziqish bildirmoqda. London klubi Angliya chempionati darajasida sinalgan yarim himoyachilar bozorini tahlil qilmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "ko‘klar" Tonalini joriy qishda emas, balki kelasi yozda sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Klub italiyalik futbolchini saqlab qolishga umid qilmoqda va u 10 oylik diskvalifikatsiyadan so‘ng uni qo‘llab-quvvatlagan klubga sodiqlik ko‘rsatishi kerak, deb hisoblamoqda.

Joriy mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 75 mln yevroni tashkil etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting