«Chelsi» Kamavinga transferi bo‘yicha «Real» bilan bog‘landi
Londonning “Chelsi” klubi “Real” yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga transferi bo‘yicha madridliklar bilan aloqaga chiqqani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli fransuz futbolchisini “Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.
Transfermarkt Kamavinganing bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda. Shu bilan birga, “Real” futbolchini kamida 80 million yevro evaziga qo‘yib yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Transfer bo‘yicha yakuniy qaror esa futbolchining o‘ziga bog‘liq bo‘ladi.
2025/2026 yilgi mavsumda Kamavinga barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.