locale OZ

«Chelsi» Kamardani yana o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Transfermarkt eksperti Kamardaning transfer qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.
«Chelsi» Kamardani yana o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

«Milan» hujumchisi Franchesko Kamarda yana «Chelsi» qiziqish doirasiga tushdi.

London klubi vakillari 18 yoshli futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Kamarda joriy mavsumda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti. Bu haqda Transfer News Live TEAMtalk manbasiga tayanib xabar berdi.

«Milan» iqtidorli hujumchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Kamardaga, shuningdek, «Manchester Siti», «Tottenhem», «Brayton» va «Brentford» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt eksperti Kamardaning transfer qiymatini 15 million yevroga baholamoqda. Italiyalik futbolchi joriy mavsumda maydonga bor-yo‘g‘i ikki marta tushgan va har ikki uchrashuvda ham bahs yakuniga yaqin vaqtda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting