«Chelsi» Josh Achimpong boʻyicha takliflarni rad etdi
Londonning «Chelsi» klubi himoyachi Josh Achimpongni sotib olish boʻyicha Yevropaning bir qator top-klublari tomonidan berilgan takliflarga rad javobini berdi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, boshqa jamoalar qatorida Angliya Premyer-ligasining ikki klubi ham futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan. Biroq «Chelsi» rahbariyati Achimpongni Xabi Alonso qoʻl ostidagi yangi loyihaning muhim qismi deb hisoblamoqda. Uni jamoada olib qolish qarori «koʻklar» mutasaddilari va bosh murabbiy oʻrtasida toʻliq kelishilgan.
Maʼlumot uchun, Josh Achimpong yakunlangan klub mavsumida 30 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt portali 19 yoshli futbolchining ayni paytdagi bozor qiymatini 25 million yevroga baholagan. Himoyachining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha moʻljallangan.