locale OZ

«Chelsi» Joao Pedroning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033-yilning yoziga qadar moʻljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Joao Pedroning kelajagi borasida bir qarorga keldi
ФОТО: Getty images

“Chelsi” uchinchi shaxslar orqali “Barselona”ga hujumchi Joao Pedroni kelasi yozda sotish niyati yoʻqligini ma’lum qildi. Bu haqda ESPN Braziliya tahririyati xabar bermoqda.

London klubida 24 yoshli forvard uchun bozorda oʻxshash narxda munosib oʻrinbosar yoʻqligini ta’kidlashmoqda.

Avvalroq “koʻk-anorranglilar” Pedroni Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvaresga muqobil sifatida koʻrib chiqayotganini xabar qilgandi.

ESPN ma’lumotlariga koʻra, ayni damda braziliyalik futbolchi “Chelsi”dan ketish haqida oʻylamayapti va e’tiborini London jamoasidagi mavsumni yakunlashga hamda boʻlajak Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrishga qaratgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga koʻra, “koʻklar” Pedroni oʻtgan yozda “Brayton”dan 63,7 million yevroga xarid qilgan. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 46 ta oʻyinda ishtirok etib, 19 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033-yilning yoziga qadar moʻljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting