locale OZ

«Chelsi» Joao Pedroni sotmoqchi emas

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati taxminan 75 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Joao Pedroni sotmoqchi emas
ФОТО: Getty images

"Chelsi" yozgi transfer oynasida hujumchi Joao Pedroni sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda insayder Ben Jeykobs xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Barselona" futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan va hattoki dastlabki muzokaralar ham o'tkazilgan. Biroq londonliklar braziliyalik forvard bilan xayrlashish niyatida emas. Ta'kidlanishicha, hattoki rekord darajadagi taklif ham "ko'klar"ni o'z qaroridan qaytara olmaydi.

Pedro 2025 yil iyulida "Brayton"dan "Chelsi"ga o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2033 yil yozigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati taxminan 75 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda ishtirok etib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting