locale OZ

«Chelsi» Joao Pedroni saqlab qolmoqchi: yangi shartnoma va oshirilgan maosh tayyor

Hujumchi o‘tgan yozda “Brayton”dan 63,7 million yevro evaziga “ko‘klar” safiga qo‘shilgan edi.
“Chelsi” Joao Pedroni saqlab qolmoqchi: yangi shartnoma va oshirilgan maosh tayyor
ФОТО: Getty images

Londonning “Chelsi” klubi hujumchi Joao Pedro bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqda mashhur transfer insayderi Fabrizio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Yaqin kunlar ichida rasmiylashtirilishi kutilayotgan yangi bitim 24 yoshli braziliyalik futbolchini 2033 yilning iyuniga qadar klubda olib qoladi. Shuningdek, yangi shartnoma doirasida uning maoshi ham oshiriladi.

Romanoning ta’kidlashicha, “Chelsi” Joao Pedro bo‘yicha uchta top-klubdan kelib tushgan takliflarni rad etgan. Londonliklar hujumchini jamoaning asosiy va daxlsiz futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda hamda uning transferini muhokama qilish niyatida emas.

Hujumchi o‘tgan yozda “Brayton”dan 63,7 million yevro evaziga “Chelsi” safiga qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting