“Chelsi” Jeymi Bayno-Gittens bo‘yicha qaror qabul qildi
Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032-yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Foto: Getty Images
“Chelsi” yarim himoyachisi Jeymi Bayno-Gittens yaqin vaqt ichida London klubini tark etmaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “Chelsi”ning futbolchi borasidagi pozitsiyasi o‘zgarmagan. Klub 22 yoshli angliyalik futbolchini ijaraga bermoqchi emas. Shu sababli Bayno-Gittensning joriy mavsumda “Stemford Brij”da qolishi kutilmoqda.
Bayno-Gittens “Chelsi” safiga 2025-yil yozida kelib qo‘shilgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032-yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Jeymi Bayno-Gittensning transfer qiymati hozirda 30 million yevro atrofida baholanmoqda. “Chelsi” esa futbolchini hozircha jamoada saqlab qolishga qaror qilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist