locale OZ

«Chelsi» Jessi Derri bilan shartnomani uzaytirdi

Yangi kelishuv 2032 yil 30 iyungacha amal qiladi.
“Chelsi” Jessi Derri bilan shartnomani uzaytirdi
ФОТО: Getty images

“Chelsi” yarimhimoyachi Jessi Derri bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qildi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, yosh futbolchining shartnomasi 2032 yil 30 iyungacha amal qiladi.

“Faoliyatimni ‘Chelsi’ kabi buyuk klub bilan bog‘lash — orzuim ushaldi. Oldimda nima kutayotganidan juda hayajondaman. So‘nggi 12 oy ichida ‘Chelsi’ga ilk kelganimdagidan butunlay boshqa futbolchiga aylandim. Bunda birga ishlagan barcha murabbiylarning hissasi katta. O‘tgan mavsum asosiy jamoada debyut qilganimdan so‘ng faoliyatimni boshqa joyda davom ettirishni tasavvur ham qila olmayman”, — dedi Derri.

Eslatib o‘tamiz, Jessi Derri 2025 yil yozida “Kristal Pelas”dan “Chelsi” safiga kelib qo‘shilgan.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting