«Chelsi» Jeksonni ijaraga berishga rozi bo‘ldi
Фото: Getty Images
Londonning “Chelsi” klubi hujumchi Nikolas Jeksonni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga berishga tayyor. Bu haqda jurnalist Ben Jeykosb xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, senegallik forvardga “Aston Villa”, “Nyukasl” va “Milan” jamoalari qiziqmoqda. Ushbu klublar uni ijaraga olishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, ijara narxi 11,5 million yevroni tashkil etadi va hozirda sotib olish summasi 92 million yevrodan oshadi.
24 yoshli futbolchi 2023 yilning yozida "Vilyarreal"dan "Chelsi"ga o‘tgan edi.
Bu davr mobaynida Jekson barcha turnirlarda 81 o‘yinda ishtirok etib, 30 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist