locale OZ

\"Chelsi\" Jekson bo'yicha bir qarorga keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" Jekson bo'yicha bir qarorga keldi
Photo: Getty Images

Londonning "Chelsi" klubi hujumchi Nikolas Jekson bo'yicha bir qarorga keldi.

The Athletic xabariga ko'ra, "Chelsi" so'nggi bir necha oy ichida u unchalik yaxshi formada bo'lmagan bo'lsa ham, hanuz senegallik hujumchining salohiyatiga ishonmoqda va uni qo'yib yubormoqchi emas.

Unga "Arsenal" va "Yuventus" jamoalari tomonidan taklif kelgan. Biroq klub uni saqlab qolmoqchi.

Jekson 2023 yilda "Chelsi" futbolchisiga aylandi. Joriy mavsumda 24 yoshli forvard barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va oltita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Jeksonning narxi 50 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting