locale OZ

«Chelsi» isteʼfoga chiqarilgan Rosenyorga qancha kompensatsiya toʻlashi maʼlum boʻldi

Avvalroq 41 yoshli mutaxassis lavozimidan ozod etilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» isteʼfoga chiqarilgan Rosenyorga qancha kompensatsiya toʻlashi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Chelsi» jamoasi bosh murabbiy lavozimidan ozod etilgan Liam Rosenyorga 27,6 million yevro miqdorida tovon puli to‘laydi. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Shu tariqa, mutaxassis klub boshqaruvida o‘tkazgan har bir o‘yini uchun 174 000 yevro, qo‘lga kiritilgan har bir g‘alaba uchun esa 364 000 yevrodan ishlab olgan bo‘lib chiqmoqda.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu kompensatsiya summasi futbol tarixidagi eng yirik iste’folardan biri sifatida qayd etildi. 41 yoshli mutaxassis qo‘l ostida «Chelsi» Angliya Premyer-ligasida ketma-ket beshta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi va birorta ham gol ura olmadi.

Rosenyor joriy yilning yanvar oyida «Strasburg»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi. Mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilga qadar mo‘ljallangan edi.

Angliya chempionatining 34 ta turidan so‘ng «Chelsi» 48 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Musobaqada 33 ta o‘yindan keyin 70 ochko to‘plagan «Arsenal» peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting