locale OZ

\"Chelsi\" hujumchisi yozda jamoasini almashtiradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" hujumchisi yozda jamoasini almashtiradi
Photo: Getty Images

"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida The Times xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchi "Chelsi"dagi holatidan norozi va shuning uchun yozda faoliyatini davom ettirish uchun barcha variantlarni ko'rib chiqadi.

Hozircha “Chelsi” hali hujumchini sotish bo'yicha yakuniy qarorga kelmagan, ammo klub u bilan xayrlashishga intilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Nkunku "Chelsi"ning "Fulhem"ga qarshi o'yinida qaydnomaga kiritilmagandi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli futbolchining narxi 45 million yevroga baholangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting