«Chelsi» himoyachisi «Nyukasl»ga o‘tishi mumkin
Photo: Getty Images
Londonning "Chelsi" klubi markaziy himoyachisi Aksel Disasi faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishi mumkin.
Caughtoffside xabariga ko‘ra, "qarg‘alar" allaqachon 27 yoshli fransuz uchun "Chelsi" bilan muzokaralarni boshlagan. Tomonlar yaqin kunlarda kelishuvga erishishi mumkinligi aytilmoqda.
"Aristokratlar" hozirda Transfermarkt portaliga ko‘ra 22 million yevroga baholanayotgan Disasini 35 million yevroga sotmoqchi. Dastlabki da’vogar esa narxni tushirishga umid qilmoqda.
Shuningdek, “Nyukasl” himoyadagi muammolarni bartaraf etish uchun boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist