«Chelsi» Hau bilan bog‘landi
48 yoshli murabbiy 2021 yilning noyabr oyidan buyon "Nyukasl"ni boshqarib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" Enso Mareskaning iste'fosidan so‘ng "Nyukasl"ni boshqarayotgan ingliz mutaxassisi Eddie Hauga murojaat qildi. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda jamoa boshqaruviga "Strasburg"da ishlayotgan Liam Rosenyor asosiy nomzod bo‘lib qolmoqda.
Shunga qaramay, “ko‘klar” Angliya chempionatida ishlagan tajribaga ega mutaxassislarga ham e'tibor qaratmoqda. Hau esa klubning short-listidan joy olgan.
48 yoshli murabbiy 2021 yilning noyabr oyidan buyon "Nyukasl"ni boshqarib kelmoqda. APL joriy mavsumining 19-turidan so‘ng "qarg‘alar" 26 ochko jamg‘arib, 13-o‘rinni egallab turibdi. 30 ochkosi bor "Chelsi" esa 5-pog‘onadan joy olgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist