«Chelsi» Garnacho bo‘yicha qaror qabul qildi
Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil iyungacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Chelsi” vingeri Alejandro Garnacho yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Saymon Fillips xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, londonliklar 21 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, “Chelsi” Garnacho transferidan 46 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Argentinalik futbolchiga da’vogar klublardan biri sifatida “Napoli” tilga olinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Garnacho 2025 yil yozida “Chelsi” safiga qo‘shilgandi.
Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil iyungacha mo‘ljallangan.
Futbolchi o‘tgan mavsum APLda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist