locale OZ

«Chelsi» Garnacho bilan xayrlashishga tayyor

Garnachoga “Roma” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Chelsi” Garnacho bilan xayrlashishga tayyor
ФОТО: Getty images

“Chelsi” yozgi transfer oynasida vinger Alejandro Garnachoni sotishni rejalashtirmoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, London klubi 22 yoshli argentinalik futbolchining vakillari bilan uning transferi yuzasidan faol ish olib bormoqda. Garnachoning o‘zi esa hali jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso qo‘l ostida mashg‘ulotlarni boshlamagan. “Ko‘klar” futbolchi uchun 50 million yevro miqdorida taklif tushsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Avvalroq Garnachoga “Roma” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, “Chelsi” rahbariyati futbolchining transferi o‘zini oqlamagan, deb hisoblamoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Garnacho barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting