locale OZ

«Chelsi» futbolchisi A Seriya klubiga yo'l olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» futbolchisi A Seriya klubiga yo'l olishi mumkin
Фото: Getty Images

"Chelsi" yarim himoyachisi Kearni Chukwuemeka faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, yarim himoyachiga “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Zebralar” futbolchini sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga olishni rejalashtirgan.

London klubi esa Chukwuemekani ijaraga berishni xohlamayapti. Klub aksincha, uni sotib yuborishni istamoqda.

Shunga qaramay, “Yuventus” va “Chelsi” o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Avvalroq, Kearni Chukwuemekani "Borussiya" 20 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting