locale OZ

«Chelsi» futbolchilari Liam Rosenyorga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishdi

Murabbiyning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» futbolchilari Liam Rosenyorga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishdi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi futbolchilari bosh murabbiy Liam Rosenyorning qarorlaridan norozi bo‘lishni boshladi. Bu holat mutaxassisning klubdagi kelajagini xavf ostiga qo‘ymoqda, deb xabar beradi BBC.

Ma’lum bo‘lishicha, jamoaning yulduz futbolchilari Rosenyorning so‘nggi qarorlaridan hafsalasi pir bo‘lmoqda. Xususan, darvozabonlar Robert Sanches va Filip Yorgensen o‘rtasidagi doimiy rotatsiya kiyinish xonasida norozilik uyg‘otgan. Shuningdek, himoyachi Josh Achimpongning maydondagi vazifalari cheklab qo‘yilgani ham jamoa a’zolari tomonidan salbiy qarshi olingan. Jamoa ichidagi umumiy muhit ham savol ostida qolmoqda.

41 yoshli ingliz mutaxassisi shu yilning yanvar oyida Fransiyaning «Strasburg» klubidan «Chelsi»ga kelgan edi.

Ayni paytda Angliya Premyer-ligasining 34 ta turidan so‘ng «Chelsi» 48 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Musobaqada 33 ta o‘yindan keyin 70 ochko jamg‘argan «Arsenal» peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting