«Chelsi» futbolchilari Jota va Silvaning oilasiga xayriya qildi
Photo: Getty Images
“Chelsi” futbolchilari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi pul mukofotlarining bir qismini marhum futbolchilar Diogu Jota va Andre Silvaning oila a’zolariga xayriya tariqasida ajratdi, deb xabar bermoqda The Athletic.
Manbaga ko‘ra, London klubi yangilangan formatdagi turnirda muvaffaqiyatga erishib, byudjetini 114 million dollarga boyitdi. Klub rahbariyati 15,5 million dollarni jamoa murabbiylari va futbolchilari o‘rtasida teng taqsimlash uchun ajratgan.
“Chelsi” futbolchilari esa birgalikda ushbu mablag‘ning bir qismini Diogu Jota va Andre Silvaning oilasiga xayriya sifatida berishga qaror qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist