«Chelsi» Fernandes ketgan taqdirda uning o‘rniga kimni olishi ma’lum bo‘ldi
«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes «Manchester Siti»ga o‘tgan taqdirda, londonliklar uning o‘rniga «Monako» futbolchisi Lamin Kamarani olib kelishni rejalashtirmoqda.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» senegallik yarim himoyachi uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda. «Ko‘klar» ushbu transfer borasida muzokaralarni oyning katta qismi davomida olib borgan.
Manbaga ko‘ra, «Monako» Kamara uchun 60 million yevro atrofidagi taklifni qabul qilishga tayyor. Shu bois yaqin kunlarda «Chelsi»dan rasmiy taklif kelishi kutilmoqda.
22 yoshli futbolchi yangi mavsumda barcha turnirlarda uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Kamaraning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali esa senegallik futbolchining qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.
Agar Enso Fernandes «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tsa, Kamara uning o‘rnini to‘ldirish uchun «Chelsi»ning asosiy nomzodiga aylanishi mumkin.