locale OZ

“Chelsi” Fermin Lopes uchun 120 million yevrodan ortiq taklif tayyorlamoqda — manba

“Barselona” Ferminni sotishni rejalashtirmayapti, biroq 120 million yevrodan yuqori taklif kataloniyaliklarni muzokaraga undashi mumkinligi aytilmoqda.
“Chelsi” Fermin Lopes uchun 120 million yevrodan ortiq taklif tayyorlamoqda — manba
Foto: Getty Images

“Chelsi” “Barselona” yarim himoyachisi Fermin Lopes transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 23 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 120 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilishga tayyor.

Manbaning yozishicha, “Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso Ferminni jamoaning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Klub rahbariyati ham murabbiyning talabini qondirish va futbolchini Londonga olib kelish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor.

“Barselona” Ferminni sotishni rejalashtirmayapti, biroq 120 million yevrodan yuqori taklif kataloniyaliklarni muzokaraga undashi mumkinligi aytilmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Fermin Lopes 2026-yil fevralida “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirgan. Uning amaldagi kelishuvi 2031-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting