“Chelsi” Enso Fernandes uchun “Manchester Siti”dan 164 million yevro talab qilmoqda
“Chelsi” yarim himoyachi Enso Fernandesni sotish uchun “Manchester Siti”ga o‘z talabini ma’lum qilgan. Topskills Sports UK ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 25 yoshli argentinalik futbolchini 164 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, Fernandes “Manchester Siti”ga o‘tish variantiga ijobiy qaramoqda. Biroq futbolchi transferni amalga oshirish uchun “Chelsi” rahbariyatiga bosim o‘tkazish yoki klubdan ketishni talab qilish niyatida emas.
“Manchester Siti” esa Enso transferi bo‘yicha jiddiy harakat boshlashdan oldin tarkibdagi ayrim futbolchilarni sotishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, boshqa manbalarda “Chelsi”ning Fernandes uchun talabi 120 million funt atrofida ekani ham xabar qilingan, shu sabab transfer summasi bo‘yicha ma’lumotlar hozircha bir-biridan farq qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Fernandes o‘tgan mavsum “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.