“Chelsi” Enso Fernandes o‘rniga “Real” yulduzini olishi mumkin
“Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandesning “Manchester Siti”ga ehtimoliy transferi amalga oshgan taqdirda, uning o‘rnini “Real Madrid” futbolchisi Eduardo Kamavinga egallashi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, Fernandes yaqin vaqt ichida “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin. London klubi argentinalik futbolchi ketgan taqdirda markaziy yarim himoyani kuchaytirish uchun Kamavingani asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Kamavinganing “Real Madrid”dagi kelajagi ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Xabarlarga ko‘ra, madridliklarning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo 23 yoshli fransiyalik futbolchini o‘z loyihasining muhim qismi sifatida ko‘rmayapti.
Ma’lumot uchun, Kamavinganing “Real Madrid” bilan shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Yangi mavsumda futbolchi La Ligada bir uchrashuvda maydonga tushib, 10 daqiqa harakat qilgan.