“Chelsi” Enso Fernandes bo‘yicha qarorini o‘zgartirmaydi
Fernandes 11-avgust kuni “Chelsi” qarorgohiga qaytishi va tez orada jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlashi kutilmoqda.
Foto: Getty Images
“Chelsi” yarim himoyachi Enso Fernandesni sotishga qarshi emas, biroq futbolchi uchun belgilangan narxni tushirmoqchi emas.
Jurnalist Nizaar Kinsella ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 25 yoshli argentinalik futbolchini faqat kamida 140 million yevrolik taklif tushgan taqdirdagina sotishni ko‘rib chiqadi. “Chelsi” bu masalada boshqa klublarga yon berishni rejalashtirmayapti.
Fernandes 11-avgust kuni “Chelsi” qarorgohiga qaytishi va tez orada jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlashi kutilmoqda. Avvalroq yarim himoyachiga “Manchester Siti” qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda Enso “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 54 ta uchrashuv o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist