locale OZ

“Chelsi” Enso Fernandes bo‘yicha “Manchester Siti”dan hali taklif olmagan

Avvalroq “Manchester Siti” Fernandes bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” Enso Fernandes bo‘yicha “Manchester Siti”dan hali taklif olmagan
Foto: Getty Images

“Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandesning “Manchester Siti”ga ehtimoliy transferi bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Argentinalik futbolchi transfer mish-mishlari fonida jamoasining ketma-ket ikkinchi uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Avvalroq “Manchester Siti” Fernandes bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozirga qadar “Chelsi” futbolchi uchun Manchester klubidan rasmiy taklif olmagan. Angliyada transfer oynasi 1-sentabr kuni yopiladi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” 25 yoshli yarim himoyachini sotishga qarshi emas, biroq buning uchun taxminan 140 million yevrolik taklif talab qilmoqda. Shu sabab transferning amalga oshishi “Manchester Siti”ning yaqin vaqt ichida rasmiy taklif yuborishiga bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt Enso Fernandesning bozor qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting