locale OZ

«Chelsi» Enso Fernandes bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Muzokaralar JCh-2026'dan so‘ng davom etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Enso Fernandes bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi markaziy yarimhimoyachi Enso Fernandes bilan amaldagi kelashuv shartlarini qayta ko‘rib chiqishga va unga yaxshilangan shartnoma taklif qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda jurnalist Veronika Brunati xabar bermoqda.

Muzokaralarda qisqa tanaffus yuzaga kelganiga qaramay, «aristokratlar» argentinalik yulduz bilan hamkorlikni uzaytirish fikridan qaytmagan. Shu bilan birga, Yevropaning bir qator top-klublari futbolchiga jiddiy qiziqish bildirishda davom etmoqda. «Chelsi» ma’lum shartlar asosida futbolchini sotish variantini ham istisno etmaydi.

Avvalroq futbolchining agenti Xaver Pastore klub bilan yangi shartnoma masalasini muhokama qilgani, biroq taklif etilgan shartlar ma’qul kelmagani sababli jarayon vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi. Tomonlar muloqotga 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng qaytishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Enso Fernandes yaqinda bergan intervyusida Madridni Buenos-Ayresga o‘xshash go‘zal shahar ekanligini va u yerda yashashni istashini ta’kidlagan edi. Ushbu bayonotdan so‘ng «Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor futbolchini intizomiy chora sifatida jamoaning yaqindagi ikkita o‘yinidan chetlatishga qaror qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting