locale OZ

\"Chelsi\" Ekitik uchun asosiy da'vogar

"Ayntraxt" klubi ham fransiyalik hujumchini sotishga tayyor
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" Ekitik uchun asosiy da'vogar
Photo: Getty Images

“Ayntraxt” klubi hujumchisi Ugo Ekitik “Chelsi”ning qiziqish doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Qayd etilishicha, London klubi 22 yoshli fransiyalik hujumchi bo‘yicha allaqachon taklif yuborgan. Faqat nemislar Ekitik uchun katta mablag‘ so‘ramoqda.

Frankfurt klubi Ugoning narxini 100 mln yevro etib belgilagan. Ammo ingliz klubi narxni tushirishni istamoqda.

O‘tgan mavsum u “Ayntraxt” safida barcha turnirlarda 48 o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 12 golga assistentlik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting